Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazish to'g'risida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki arizani qaytarish to'g'risidagi ajrimning ko'chirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga, shuningdek arizani taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazish haqidagi ajrimning ko'chirma nusxasi arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Iqtisodiy yoki ma'muriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga taalluqliligiga ko'ra kelib tushganda sudya ariza ushbu Kodeksning 189, 190 va 191-moddalarida ko'rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay da'vogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to'g'risida xabardor qiladi va unga buning uchun o'n kundan oshmaydigan muddat beradi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
192-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi masalani hal etish
(192-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.