Fuqarolik protsessual kodeksi

181-modda. Sud buyrug'ini bekor qilish

(181-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)

Qarzdor arz qilingan talabga qarshi e'tirozlarini buyruqni bergan sudga sud buyrug'ining ko'chirma nusxasini olgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda, huquqlari va majburiyatlari to'g'risida sud buyrug'i qabul qilingan shaxslar esa sud buyrug'i qabul qilinganligi ularga ma'lum bo'lgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda yuborishga haqli. Bunday holda sudya sud buyrug'ini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrug'ini bekor qilish to'g'risidagi ajrimda sudya undiruvchi bildirgan talab da'vo ishini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrug'ini bekor qilish to'g'risidagi ajrimning ko'chirma nusxasi ajrim berilganidan keyin uch kundan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga imzo qo'ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi. Alimentlar undirish to'g'risidagi sud buyrug'i ijro ishini yuritish bo'yicha undiruv tugaguniga qadar undiruvchining arizasiga ko'ra bekor qilinishi mumkin. Sud buyrug'ini bekor qilishni rad etish to'g'risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.