Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko'rilishi boshlangan ish shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko'rib tugatilishi lozim.
Sudya yoki sudyalardan biri quyidagi hollarda almashtirilishi mumkin:
o'zini o'zi rad qilish yoki sudyani rad qilish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda arz qilingan va qanoatlantirilganda;
sudya yo'qligi tufayli ishni o'z vaqtida ko'rishning imkoniyati bo'lmaganda.
Sudya almashtirilgandan so'ng ishni ko'rish boshidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
18-modda. Sud tarkibining o'zgarmasligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.