Fuqarolik protsessual kodeksi

178-modda. Sud buyrug'ining mazmuni

(178-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)

Sud buyrug'ida quyidagilar ko'rsatiladi: 1) ishning raqami va buyruq berilgan sana; 2) sudning nomi, buyruq bergan sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi; 3) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); 4) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan jismoniy shaxslar shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to'lovchi identifikatsiya raqami; 5) talabni qanoatlantirish uchun asos bo'lgan qonun; 6) undirilishi lozim bo'lgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida turgan ko'char mol-mulk, uning tavsifi va bahosi; 7) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr; 8) neustoyka miqdori, agar uning undirilishi qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa; 9) qarzdordan undirilishi kerak bo'lgan davlat bojining summasi; 10) arz qilingan talabga qarshi qarzdor tomonidan e'tiroz taqdim etish muddati va tartibi. Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to'g'risidagi sud buyrug'ida ushbu moddaning 1 — 5, 9, 10-bandlarida nazarda tutilgan ma'lumotlardan tashqari quyidagilar ko'rsatiladi: qarzdorning tug'ilgan sanasi va joyi, ta'minoti uchun aliment undirilishi lozim bo'lgan har bir bolaning ismi va tug'ilgan sanasi, qarzdordan har oyda undiriladigan to'lovlar miqdori hamda ularni undirish muddati. Sud buyrug'ining yozuvidagi xatolarni va ochiq ko'rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish sudning tashabbusi yoxud undiruvchining yoki qarzdorning arizasi bo'yicha ushbu buyruq qanday tartibda berilgan bo'lsa, shunday tartibda sudning ajrimi asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.