Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga:
1) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to'langanligini;
2) huquqiy munosabatni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni, agar bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa;
3) talablarga asos bo'lgan holatlarni;
4) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Iste'mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish to'g'risida sud buyrug'ini berish haqidagi arizaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarning ko'chirma nusxalari ham ilova qilinadi:
1) iste'molchi bilan tuzilgan shartnomaning;
2) penya hisoblanishi to'g'risidagi va iste'molchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish haqidagi ogohlantirish ko'rsatilgan, qarzni to'lash to'g'risidagi talabning, shuningdek uning iste'molchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatning;
3) iste'molchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatning.
Ko'p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to'lovlarni undirish haqida talab arz qilinganda sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga quyidagilar ham ilova qilinadi:
1) ko'p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yig'ilishining ko'p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash to'g'risidagi qarori ko'chirma nusxasi;
2) ko'p kvartirali uyni boshqarish ko'p kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda — ko'p kvartirali uyni boshqarish shartnomasining ko'chirma nusxasi;
3) qarz yuzaga kelgan davr ko'rsatilgan qarz hisob-kitobi;
4) qarzni uzish to'g'risidagi talabning qarzdorga topshirilganligini tasdiqlovchi ma'lumotlar.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
173-modda. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
(173-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 ноябрдаги ЎРҚ-993-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 08.11.2024 й., 03/24/993/0903-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.