Fuqarolik protsessual kodeksi

171-modda. Sud buyrug'ini berish bo'yicha talablar

(171-моддасининг 8-банди Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 14 ноябрдаги ЎРҚ-584-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.11.2019 й., 03/19/584/4025-сон — 2020 йил 1 августдан кучга киради)

Sud buyrug'i quyidagi hollarda beriladi, agar: 1) talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo'lsa; 2) talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo'lsa; 3) kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari to'lovi bo'yicha qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish to'g'risida talab arz qilingan bo'lsa; 4) voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to'g'risidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog'liq bo'lmagan talab arz qilingan bo'lsa; 5) hisoblangan, lekin xodimga to'lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to'lovlarni undirish haqida talab arz qilingan bo'lsa; 6) fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risida talab arz qilingan bo'lsa; 7) ijara shartnomasida belgilangan ijara to'lovlari muddatida to'lanmaganligi sababli ushbu to'lovlarni undirish to'g'risida talab arz qilingan bo'lsa; 8) ko'p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to'lovlarni undirish to'g'risida talab arz qilingan bo'lsa; 9) yozma bitim mavjud bo'lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti bo'lgan ko'char mol-mulkka qaratish to'g'risida talab arz qilingan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.