Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi masala sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda ko'riladi, bunday kelishuv notarius tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risida ajrim chiqariladi, unda ish yuritish tugatilganligi ko'rsatiladi.
Kelishuv bitimi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ish bo'yicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari bekor qilinishi to'g'risida ajrim chiqariladi va ish yuritish tugatiladi.
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko'rgan birinchi instantsiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha ko'rib chiqiladi.
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi ajrimda kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa bo'lishi kerak.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etadi.
Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi, ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan taqdirda, u kelishuv bitimini tuzgan shaxsning iltimosnomasiga, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusiga ko'ra sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida, ushbu Kodeks qoidalari bo'yicha majburiy ijro etilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
168-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish
(168-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.