Fuqarolik protsessual kodeksi

162-modda. Tegishli tartibda xabardor qilish

Sudning chaqiruv qog'ozi yoki boshqa xabarnoma shaxsan yoki voyaga yetgan oila a'zolaridan biri, mazkur manzilda yashovchi boshqa shaxs tomonidan olingan, shuningdek sud tomonidan matnli xabarning elektron pochta manzili orqali yoki xabarnomaning qayd etilishini ta'minlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yetkazilganligini tasdiqlovchi hisobot olingan hollarda, agar bunday xabarnoma kelib tushmaganligi yoki kechroq kelib tushganligi isbotlanmasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tegishli tartibda xabardor qilingan hisoblanadi. Sudning chaqiruv qog'ozi yoki boshqa xabarnoma chaqiriluvchi uni olishni rad etganda ham, agar bunday rad etish qayd etilgan bo'lsa, yetkazilgan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.