Fuqarolik protsessual kodeksi

16-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi

Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda O'zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim. Sud hujjatini bajarmaslik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo'ladi. Sud hujjatining majburiyligi manfaatdor shaxslarni o'z huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun, basharti bularga daxldor nizo sudda ko'rib chiqilmagan va hal etilmagan bo'lsa, sudga murojaat qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.