Sud (sudya) tayinlagan muddatlar sud (sudya) tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar qonunda belgilangan muddatni sud (sudya) uzrli deb topgan sabablarga ko'ra o'tkazib yuborgan bo'lsa, mazkur muddat tiklanadi.
O'tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash to'g'risidagi iltimosnoma protsessual harakat amalga oshirilishi yoki hujjat topshirilishi lozim bo'lgan sudga beriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko'rib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi.
O'tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash to'g'risidagi iltimosnomani berish bilan bir vaqtda, muddati o'tkazib yuborilgan harakat bajarilishi yoki hujjat topshirilishi lozim.
O'tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirish, tiklash haqida yoki uzaytirishni yoxud tiklashni rad etish to'g'risida ajrim chiqariladi.
O'tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirishni rad etish yoki tiklashni rad etish yoxud tiklash haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
155-modda. Protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash
(155-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.