Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Muddatning o'tishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi.
Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tamom bo'ladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi oyining tegishli oyi va kunida tamom bo'ladi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tugashi tegishli sanasi bo'lmagan oyga to'g'ri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tamom bo'ladi. Bu muddatning oxirgi kuni ish kuni bo'lmagan kunga to'g'ri kelgan taqdirda, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tamom bo'lish kuni hisoblanadi.
Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan protsessual harakat muddatning oxirgi kuni soat yigirma to'rtgacha bajarilishi mumkin.
Agar protsessual harakat sudda amalga oshirilishi kerak bo'lsa, belgilangan qoidalarga ko'ra sudda ish tugagan soatda muddat tamom bo'lgan hisoblanadi.
Agar ariza, shikoyat, hujjatlar yoki pul summalari muddatning oxirgi kuni soat yigirma to'rtgacha aloqa tashkilotiga topshirilgan, axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilgan yoki tegishli organga yoxud hujjatni qabul qilishga vakolatli shaxsga berilgan bo'lsa, muddat o'tmagan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
152-modda. Protsessual muddatlarni hisoblash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.