Fuqarolik protsessual kodeksi

145-modda. Ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborish

Ishni muhokama qilish vaqtida tartibni buzgan shaxsni raislik qiluvchi sud nomidan ogohlantiradi. Sud majlisida taraf yoki uchinchi shaxs tartibni buzgan taqdirda, sud tartibbuzarni ishni ko'rishning hamma vaqtiga yoxud uning bir qismiga majlis zalidan chiqarib yuboradi. Vaqtincha chiqarib yuborilgan shaxs sud majlisi zaliga qaytadan qo'yilganda raislik qiluvchi uni zalda yo'q bo'lganda amalga oshirilgan protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Sud majlisida har ikki taraf yoki uchinchi shaxslar tartibni buzgan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar tartibni takroran buzgan taqdirda sudning ajrimiga binoan, ishni ko'rishda hozir bo'lgan fuqarolar esa raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Fuqarolar ommaviy tarzda tartibni buzgan taqdirda sud ish muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin. Prokuror yoki advokat raislik qiluvchining farmoyishlariga bo'ysunmagan taqdirda, ular ogohlantiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining farmoyishlariga yana bo'ysunmasa, agar ularni ishga zarar yetkazmagan holda boshqa shaxs bilan almashtirishning imkoni bo'lmasa, ishni ko'rish sudning ajrimiga binoan keyinga qoldirilishi mumkin. Sud bir vaqtning o'zida xususiy ajrim chiqaradi, ushbu ajrim tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.