Fuqarolik protsessual kodeksi

138-modda. Sud xarajatlarini taraflar o'rtasida taqsimlash

(138-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo'lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini to'lashdan ozod etilgan bo'lsa-da, ish bo'yicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi. Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan bo'lsa, ushbu moddada ko'rsatilgan summalar javobgardan da'vogarga talablarning sud tomonidan qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa da'vogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi. Da'vogarning talablari u sudga murojaat qilganidan so'ng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilganda sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi. Agar da'vogar tomonidan neustoykani undirish haqidagi talab asosli ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan bo'lsa, sud xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim bo'lgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, javobgarning zimmasiga yuklatiladi. Davlat bojini to'lashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab taqdim etilgan da'vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko'zlanib da'vo taqdim etilgan shaxslardan da'vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi. Agar yuqori turuvchi instantsiya sudi ishlarni yangidan ko'rib chiqish uchun yubormay, chiqarilgan hal qiluv qarorini o'zgartirsa yoki yangi hal qiluv qarorini qabul qilsa, u sud xarajatlari taqsimotini tegishincha o'zgartiradi. Ushbu moddada bayon qilingan qoidalar apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini berganda taraflar to'lagan davlat bojiga ham taalluqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.