Fuqarolik protsessual kodeksi

129-modda. Da'voning bahosi

Da'voning bahosi quyidagicha belgilanadi: 1) pul undirish to'g'risidagi da'volar bo'yicha — undiriladigan summaga qarab; 2) mol-mulkni talab qilib olish to'g'risidagi da'volar bo'yicha — talab qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab; 3) bir nechta mustaqil talabdan iborat da'volar bo'yicha — barcha talablarning umumiy summasiga qarab; 4) aliment undirish to'g'risidagi da'volar bo'yicha — bir yillik to'lovlarning yig'indisiga qarab; 5) muddatli to'lovlar va pul berish to'g'risidagi da'volar bo'yicha — to'lovlarning yoki beriladigan pullarning yig'indisiga, lekin ko'pi bilan uch yillik yig'indisiga qarab; 6) muddatsiz yoki umrbod to'lovlar va pul berish to'g'risidagi da'volar bo'yicha — to'lovlarning yoki pullarning uch yil ichidagi yig'indisiga qarab; 7) to'lovlarni yoki pul berishni kamaytirish yoxud ko'paytirish to'g'risidagi da'volar bo'yicha — to'lovlar yoki beriladigan pullar kamaytiriladigan yoki ko'paytiriladigan summaga, lekin ko'pi bilan bir yillik summaga qarab; 8) to'lovlarni yoki pul berishni to'xtatish to'g'risidagi da'volar bo'yicha — qolgan to'lovlar yoki pullar yig'indisiga, lekin ko'pi bilan bir yillik yig'indisiga qarab; 9) mol-mulk ijarasi shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish haqidagi da'volar bo'yicha — shartnoma amal qilishining qolgan muddatida mulkdan foydalanish uchun to'lanadigan to'lovlarning yig'indisiga, lekin ko'pi bilan uch yil ichidagi to'lovlarning yig'indisiga qarab; 10) xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli imoratlarga egalik huquqi to'g'risidagi da'volar bo'yicha — imoratning bozor qiymatiga qarab, lekin bu miqdor kadastr qiymatidan, bunday baho bo'lmaganida esa, majburiy sug'urta bahosidan kam bo'lmasligi kerak, tashkilotlarga qarashli imoratlar bo'yicha esa — imoratlarning haqiqiy bahosidan kam bo'lmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.