Fuqarolik protsessual kodeksi

122-modda. Arizani ko'rmasdan qoldirish asoslari

(122-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонунига асосан 9¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)

Sud quyidagi hollarda arizani ko'rmasdan qoldiradi, agar: 1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo'lsa; 2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa; 3) fuqarolik ishlari bo'yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo'lsa; 4) taraflar o'rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish to'g'risida hakamlik bitimi tuzilgan bo'lsa; 5) ishni o'zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv bo'yicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa; 6) ishni o'zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan da'vogar ikkinchi chaqiruv bo'yicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan ko'rishni talab qilmasa; 7) alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq to'g'risida nizo kelib chiqsa; 8) xotini homilador bo'lgan vaqtda yoki bola tug'ilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish to'g'risida da'vo taqdim etgan bo'lsa; 9) da'vogar tomonidan arizani ko'rmasdan qoldirish to'g'risida ariza berilgan bo'lsa; 9¹) da'vogarning manfaatlarini ko'zlab prokuror, davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan taqdim etilgan da'vodan da'vogar voz kechgan bo'lsa va bunda uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinmasa; 10) da'vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa; 10¹) da'vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan bo'lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa; 10²) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan so'ng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa; 10³) taraflar o'rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo'lsa; 11) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to'g'risidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olishning qonunda nazarda tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.