Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, da'voni ta'minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishi mumkin.
Da'voni ta'minlash turini almashtirish ishda ishtirok etayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko'ra, ishni ko'rib chiqayotgan sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Da'voni ta'minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish to'g'risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi da'voni ta'minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasini ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi.
Pul summasini undirish to'g'risidagi da'voni ta'minlashda javobgar qo'llanilgan ta'minlash choralari o'rniga da'vogar talab qilayotgan summani sudning depozit hisobvarag'iga o'tkazishga haqli.
Da'voni ta'minlash turini almashtirish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
108-modda. Da'voni ta'minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.