Fuqarolik protsessual kodeksi

101-modda. Kompleks ekspertiza

(101-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 3 августдаги ЎРҚ-786-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.08.2022 й., 03/22/786/0705-сон)

Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarni turli bilim sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish o'tkazish yo'li bilangina aniqlash mumkin bo'lgan hollarda tayinlanadi. Kompleks ekspertizani o'tkazishda ekspertlarning har biri o'z vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan o'zi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi ko'rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning o'z tekshirishlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo'ladi. Umumiy fikrni (fikrlarni) olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli bo'lgan ekspertlar chiqaradi. Agar ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan faktlari ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida olingan bo'lsa, bu haqda xulosada ko'rsatilishi kerak. Ekspertlar o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan barcha yoki ayrim masalalar bo'yicha alohida xulosa beradi. Agar kompleks ekspertizani o'tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga topshirilgan bo'lsa, u holda ushbu ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.