Fuqarolik kodeksi

998-modda. O'z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik

O'z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila olmaydigan holatda zarar yetkazgan muomalaga layoqatli fuqaro, shuningdek o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan keltirgan zarari uchun javobgar bo'lmaydi. Agar jabrlanuvchining hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazilgan bo'lsa, sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni to'lash majburiyatini to'lig'icha yoki qisman zarar yetkazuvchiga yuklashi mumkin. Zarar yetkazuvchi, agar spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari iste'mol qilish tufayli yoki boshqa usulda o'zini o'zi shu holatga keltirgan bo'lsa, javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Agar zarar ruhiy holati buzilgani (ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik) oqibatida o'z harakatlari ahamiyatini tushuna olmagan yoki ularni idora qila olmagan shaxs tomonidan yetkazilgan bo'lsa, zararni to'lash majburiyati sud tomonidan bu shaxs bilan birga yashovchi, zarar yetkazuvchining bunday holati haqida bilgan, lekin uni muomalaga layoqatsiz deb topish va uning ustidan vasiylik o'rnatish to'g'risida masala qo'ymagan eri (xotini), ota-onasi, voyaga yetgan farzandlariga yuklanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.