Fuqarolik kodeksi

986-modda. Zarar yetkazishning oldini olish

Kelgusida zarar yetkazilishi xavfi borligi bunday xavfni yuzaga keltiradigan faoliyatni taqiqlash to'g'risida da'vo qo'zg'atishga asos bo'lishi mumkin. Agar yetkazilgan zarar zarar yetkazishni davom ettirayotgan korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati bo'lsa, sud javobgarga zararni qoplashdan tashqari tegishli faoliyatni to'xtatib turish yoki tugatish majburiyatini yuklashga haqli. Tegishli faoliyatni to'xtatib turish yoki tugatish jamoatchilik manfaatlariga zid bo'lgan taqdirdagina, sud bu haqdagi da'voni rad etishi mumkin. Bunday faoliyatni to'xtatib turishni yoki tugatishni rad etish jabrlanuvchilarni ushbu faoliyat tufayli yetkazilgan zararni undirish huquqidan mahrum etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.