Fuqarolik kodeksi

984-modda. Lotereyalar, Internet jahon axborot tarmog'ida tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni va bukmekerlik garovlarini o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari

(56-боб Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)

Lotereyalarning, Internet jahon axborot tarmog'ida tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarning va bukmekerlik garovlarining (bundan buyon matnda o'yinlar deb yuritiladi) vakolatli davlat organidan litsenziya olgan tashkilotchilari hamda o'yinlarning ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlar qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi va shartnomaga asoslanadi. O'yinlarning tashkilotchisi va ishtirokchisi o'rtasidagi shartnoma chipta, kvitantsiya berish orqali yoki o'yinni tashkil etish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa usulda rasmiylashtiriladi hamda ishtirokchi chipta qiymatini to'lagan yoki o'yinga pul tikkan paytdan e'tiboran tuzilgan deb e'tirof etiladi. Qonun hujjatlari bilan alohida toifadagi shaxslarning o'yinlarda ishtirok etishi taqiqlanishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartnomani tuzish to'g'risidagi taklif o'yinlarni o'tkazish muddati hamda yutuqni aniqlash tartibi va uning miqdori haqidagi shartlarni o'z ichiga olgan bo'lishi kerak. O'yinlarning tashkilotchisi ularni belgilangan muddatda o'tkazishni rad etgan taqdirda, o'yinlarning ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan o'yinlar qoldirilganligi yoki ularning muddati ko'chirilganligi tufayli yetkazilgan haqiqiy zararning o'rnini qoplashni talab qilishga haqli. O'yinlarni o'tkazish shartlariga muvofiq g'olib deb e'tirof etiladigan shaxslarga o'yinlarni o'tkazish shartlarida nazarda tutilgan miqdorda, shaklda (pulda yoki naturada) va muddatda, agar ushbu shartlarda muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, o'yinlarning natijalari aniqlangan paytdan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa muddatda o'yinlar tashkilotchisi tomonidan yutuq to'lanishi kerak. O'yinlarning tashkilotchisi ushbu moddaning beshinchi qismida ko'rsatilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, o'yinda g'olib bo'lgan ishtirokchi o'yinlar tashkilotchisidan yutuqni to'lashni, shuningdek o'yinlar tashkilotchisi tomonidan shartnoma buzilganligi tufayli yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.