Fuqarolik kodeksi

982-modda. Mukofot haqidagi oshkora va'dani bekor qilish

Mukofot to'lashni oshkora e'lon qilgan shaxs berilgan va'dadan xuddi shunday tartibda voz kechishga haqli, voz kechishga yo'l qo'yilmasligi e'lonning o'zida nazarda tutilgan yoki undan kelib chiqadigan yoki mukofot va'da qilingan harakatni sodir etish uchun muayyan muddat berilgan yoxud voz kechishni e'lon qilish paytiga kelib bir yoki bir necha qiziqish bildirgan shaxslar e'londa ko'rsatilgan harakatni bajarib bo'lgan hollar bundan mustasno. Mukofot haqidagi oshkora va'dani bekor qilish mukofot to'g'risida e'lon qilgan shaxsni qiziqish bildirgan shaxsga u e'londa ko'rsatilgan harakatni bajarishi munosabati bilan qilgan xarajatlarini qoplashdan ozod qilmaydi. Qoplash miqdori barcha hollarda e'londa ko'rsatilgan mukofotdan ortiqcha bo'lishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.