Ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik uchun pul mukofoti to'lash yoki boshqa mukofot berish to'g'risida (mukofot to'lash to'g'risida) oshkora (ommaviy tanlov) e'lon qilgan shaxs tanlovni o'tkazish shartlariga muvofiq uning g'olibi deb topilgan kimsaga shartlashilgan mukofotni to'lashi lozim.
Ommaviy tanlov tanlovni uyushtiruvchining tanlovda ishtirok etishga taklifi matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish yo'li bilan barcha xohlovchilarga qaratilganda ochiq yoki tanlovda ishtirok etishga taklif tanlovni uyushtiruvchining xohishi bo'yicha muayyan doiradagi shaxslarga yuborilganda yopiq bo'lishi mumkin.
Tanlovni uyushtiruvchi tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslarni dastlabki saralashdan o'tkazgan taqdirda, ochiq tanlovda uning ishtirokchilarining dastlabki malakasi haqida shart qo'yilishi mumkin.
Ommaviy tanlov to'g'risidagi e'lon topshiriqning mohiyatini nazarda tutuvchi shartlarni, ishning natijalarini yoki boshqa yutuqlarni baholash mezonlari va tartibini, ularni taqdim etish joyi, muddati va tartibini, mukofotning miqdori va shaklini, shuningdek natijalarni e'lon qilish tartibi va muddatlarini o'z ichiga olgan bo'lishi lozim.
Tanlov g'olibi bilan shartnoma tuzish majburiyatini o'z ichiga olgan ommaviy tanlovga nisbatan ushbu bobning qoidalari, ushbu Kodeksning 379-381-moddalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
976-modda. Ommaviy tanlovni tashkil etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.