Sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchi o'z zimmasiga olgan sug'urta tovonini yoki sug'urta to'lovini to'lash xavfi uning tomonidan to'liq yoki qisman boshqa sug'urtalovchida (sug'urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urtalanishi mumkin.
Qayta sug'urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta sug'urta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu bobning tadbirkorlik xavfini sug'urta qilish borasida qo'llanishi lozim bo'lgan qoidalari tatbiq etiladi. Qayta sug'urta qilish shartnomasini tuzgan sug'urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo'yicha sug'urtalovchi keyingi shartnomada qayta sug'urta qildiruvchi hisoblanadi.
Qayta sug'urta qilishda sug'urta tovonini yoki sug'urta to'lovini to'lash uchun asosiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo'yicha sug'urtalovchi javobgar bo'lib qolaveradi.
Biroq asosiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalanuvchi hisoblangan sug'urta tashkiloti sug'urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug'urta qilingan qismi qayta sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchiga o'tadi.
Ikki yoki bir nechta qayta sug'urta qilish shartnomalarini ketma-ket tuzishga yo'l qo'yiladi. Bunday shartnomalarning har biri keyingi qayta sug'urta qilish shartnomasiga nisbatan asosiy sug'urta shartnomasi deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn959-modda. Qayta sug'urta qilish
(959-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sug'urtalovchi o'z zimmasiga olgan xavfni boshqa sug'urtalovchida sug'urtalantirib, o'z tavonini yoki to'lovini qisman yoki to'liq himoya qilishi mumkin. Bu qayta sug'urta qilish deb ataladi. Qayta sug'urta qilish shartnomasi asosiy sug'urta qoidalariga bo'ysunadi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida sug'urtalovchi va qayta sug'urtalovchi (boshqa sug'urtalovchi) o'rtasidagi munosabatlarga tegishli.
**Amalda**
Avtomobil sug'urta qiluvchi kompaniya ko'p avtomobil sug'urtalasa, o'z xavfini kamaytirish uchun boshqa katta kompaniyada qayta sug'urta qildiradi. Agar sug'urta hodisasi yuz bersa, birinchi kompaniya to'liq javobgar bo'lib qoladi, lekin qayta sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha to'lov oladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.