Mol-mulkni sug'urtalash shartnomasini tuzgan sug'urta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, sug'urta qildiruvchining huquq va majburiyatlari bu mol-mulkni meros tartibida qabul qilib olgan shaxsga o'tadi. Mulk huquqi o'tishining boshqa hollarida sug'urta qildiruvchining huquq va majburiyatlari, agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, sug'urtalovchining roziligi bilan yangi mulkdorga o'tadi.
Shaxsiy sug'urta shartnomasini sug'urtalangan shaxs foydasiga tuzgan sug'urta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, ushbu shartnoma bilan belgilanadigan huquq va majburiyatlar sug'urtalangan shaxsning roziligi bilan unga o'tadi. Sug'urtalangan shaxs sug'urta shartnomasi bo'yicha majburiyatlarini bajarishi mumkin bo'lmasa, uning huquqlari va majburiyatlari qonunchilikka muvofiq uning huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qiluvchi shaxslarga o'tishi mumkin.
Agar sug'urta shartnomasining amal qilish davrida sug'urta qildiruvchi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilsa, bunday sug'urta qildiruvchining huquq va majburiyatlarini uning vasiyi yoki homiysi oladi. Bunda sug'urta qildiruvchining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi sug'urtasi uning muomala layoqati tugagan yoki cheklangan paytdan boshlab tugaydi.
Yuridik shaxs bo'lgan sug'urta qildiruvchi sug'urta shartnomasi davrida qayta tashkil etilganida uning ushbu shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlari sug'urtalovchining roziligi bilan tegishli huquqiy vorisga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda o'tadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
946-modda. Sug'urta qildiruvchini almashtirish
(946-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.