Fuqarolik kodeksi

942-modda. Sug'urta mukofoti va sug'urta badallari

(942-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Sug'urta mukofoti deganda sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug'urta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sug'urtalovchiga to'lashi shart bo'lgan sug'urta haqi tushuniladi. Sug'urtalovchi sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan sug'urta mukofoti miqdorini belgilashda sug'urta ob'yekti va sug'urta xavfi xususiyati hisobga olingan holda o'zi tomonidan ishlab chiqilgan, sug'urta summasi birligidan undiriladigan mukofotni aniqlaydigan sug'urta tariflarini qo'llashga haqli. Qonunda nazarda tutilgan hollarda sug'urta mukofotining miqdori davlat sug'urta nazorati organlari tomonidan joriy etilgan yoki tartibga solinadigan sug'urta tariflariga muvofiq belgilanadi. Agar sug'urta shartnomasida sug'urta mukofotini bo'lib-bo'lib to'lash nazarda tutilgan bo'lsa, shartnomada navbatdagi sug'urta badallarini belgilangan muddatlarda to'lamaslik oqibatlari ko'rsatib qo'yilishi mumkin. Agar sug'urta hodisasi to'lash muddati o'tkazib yuborilgan navbatdagi sug'urta badali to'lanishidan oldin yuz bergan bo'lsa, sug'urtalovchi mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan sug'urta tovoni yoki shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta to'lovi miqdorini sug'urta mukofotining o'ziga to'langan qismiga mutanosib summada cheklashga va muddati o'tkazib yuborilgan sug'urta badali summasini hisobga olishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.