Fuqarolik kodeksi

926-modda. Sug'urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug'urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi

(926-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Naf oluvchi foydasiga sug'urta shartnomasi tuzish, shu jumladan u sug'urtalangan shaxs bo'lganda ham, sug'urta qildiruvchini, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoxud sug'urta qildiruvchining zimmasidagi majburiyatlar foydasiga shartnoma tuzilgan shaxs tomonidan bajarilmagan bo'lsa, ushbu shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi. Naf oluvchi mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta tovonini yoxud shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta to'lovini to'lashni talab qilganida sug'urtalovchi undan, shu jumladan sug'urtalangan shaxs naf oluvchi bo'lgan taqdirda ham, sug'urta shartnomasi bo'yicha majburiyatlarni, shu bilan birga sug'urta qildiruvchining zimmasida bo'lgan, lekin u bajarmagan majburiyatlarni bajarishni talab qilishga haqli. Ilgari bajarilishi lozim bo'lgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki o'z vaqtida bajarmaslik oqibatlari xavfi naf oluvchining zimmasida bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.