Shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha bir taraf (sug'urtalovchi) boshqa taraf (sug'urta qildiruvchi) to'laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug'urta mukofoti) evaziga sug'urta qildiruvchining o'zining yoxud shartnomada ko'rsatilgan boshqa fuqaro (sug'urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to'lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug'urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan sug'urta summasi doirasida sug'urta to'lovini bir yo'la yoki vaqti-vaqti bilan to'lab turish majburiyatini oladi.
Shaxsiy sug'urta shartnomasi kimning foydasini ko'zlab tuzilgan bo'lsa, o'sha shaxs sug'urta to'lovini olish huquqiga ega bo'ladi.
Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko'rsatilmagan bo'lsa, shaxsiy sug'urta shartnomasi sug'urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi ko'rsatilmagan shartnoma bo'yicha sug'urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, sug'urtalangan shaxsning merosxo'rlari naf oluvchilar deb tan olinadi.
Sug'urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sug'urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug'urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sug'urta shartnomasi faqat sug'urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo'lmagan taqdirda, shartnoma sug'urtalangan shaxsning da'vosi bo'yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxo'rlari da'vosi bo'yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
921-modda. Shaxsiy sug'urta shartnomasi
(921-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.