Fuqarolik kodeksi

917-modda. Mol-mulkni sug'urta qilish

(917-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mol-mulk uning asralishidan qonunchilikka yoki shartnomaga asoslangan manfaatga ega bo'lgan shaxs (sug'urta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga, uning mulkdori, mol-mulkka nisbatan boshqa ashyoviy huquqqa ega bo'lgan shaxs, ijarachi, pudratchi, saqlovchi, vositachi va boshqa shu kabilar foydasiga sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalanishi mumkin. Sug'urtalangan mol-mulkning asralishidan sug'urta qildiruvchida va naf oluvchida manfaat bo'lmagan paytda tuzilgan mol-mulkni sug'urta qilish shartnomasi haqiqiy emas. Naf oluvchi foydasiga mol-mulkni sug'urta qilish shartnomasi naf oluvchining ismi yoki nomi ko'rsatilmasdan tuzilishi mumkin. Bunday shartnoma tuzilganda sug'urta qildiruvchiga egasining nomi ko'rsatilmagan polis beriladi. Bunday shartnoma bo'yicha huquqlarni amalga oshirishda bu polisni sug'urtalovchiga taqdim etish zarur.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.