Ombor va garov guvohnomalarini saqlovchi omborda saqlanayotgan tovarni to'la tasarruf etish huquqiga ega.
Garov guvohnomasidan ajratilgan ombor guvohnomasini saqlovchi tovarni tasarruf etishga haqli, lekin garov guvohnomasi bo'yicha berilgan kreditni to'lamagunicha tovarni ombordan olishi mumkin emas.
Garov guvohnomasini saqlovchi ushbu guvohnoma bo'yicha berilgan kredit va uning foizlari miqdorida tovar bo'yicha garov huquqiga ega bo'ladi. Tovar garovga qo'yilganida bu haqda ombor guvohnomasiga belgi qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
910-modda. Tovarga ombor va garov guvohnomasini saqlovchining huquqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.