Mehmonxona unda yashayotgan shaxs tomonidan olib kirilgan ashyolarning yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv bo'lmagan taqdirda ham javob beradi, ashyo yengib bo'lmaydigan kuch, ashyoning o'z xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining o'zi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan yo'qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollar bundan mustasno.
Mehmonxona xodimlariga ishonib topshirilgan ashyo yoki mo'ljallangan joyga (mehmonxona nomeri va boshqalarga) joylashtirilgan ashyo mehmonxonaga olib kirilgan ashyo deb hisoblanadi.
Pul, boshqa valyuta qimmatliklari, qimmatli qog'ozlar va boshqa qimmatbaho ashyolar saqlash uchun alohida omonat saqlash shartnomasi bo'yicha qabul qilib olingan bo'lsagina, mehmonxona ularning yo'qolganligi uchun javobgar bo'ladi.
Mehmonxonada yashayotgan, o'z ashyolarining yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligini bilib qolgan shaxs mehmonxona ma'muriyatiga bu haqda kechiktirmay xabar qilishi shart. Aks holda mehmonxona ashyolarning to'liq saqlanmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Mehmonxona bu yerda yashayotgan shaxslarning ashyolari saqlanishi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmasligini e'lon qilgan taqdirda ham, javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Mehmonxonalarda talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari va ularning taqdiri ushbu Kodeks 897-moddasining beshinchi qismida yozib qo'yilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi.
Ushbu moddaning qoidalari motellar, dam olish uylari, sanatoriylar, yotoqxonalar, hammomlarda, shuningdek tashkilotga keladigan fuqarolarning ashyolarini saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarga ega bo'lgan boshqa tashkilotlarda ham ashyolarni saqlashga nisbatan qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
899-modda. Ashyoni mehmonxonada saqlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.