Fuqarolik kodeksi

897-modda. Ashyolarni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash

Transport tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar yo'lovchilar va boshqa fuqarolardan, ularda yo'l hujjatlari bor yoki yo'qligidan qat'i nazar, ashyolarni saqlash uchun qabul qilishi shart. Ashyoni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash shartnomasi ommaviy hisoblanadi. Ashyo saqlash uchun yukxonaga qabul qilinganligini tasdiqlash yuzasidan (avtomat yukxonalardan tashqari) yuk topshiruvchiga patta yoki nomerli jeton beriladi. Patta yoki jeton yo'qotilgan taqdirda yukxonaga topshirilgan ashyo yuk topshiruvchiga ushbu ashyo o'ziga qarashli ekanligining isbotini taqdim etgan taqdirda beriladi. Yukxonaga topshirilgan ashyo yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi oqibatida yuk topshiruvchi ko'rgan zarar summasi, agar ashyoni saqlashga topshirish paytida u narxlangan bo'lsa yoki zararning o'rnini qoplashga kerakli summa xususida taraflar kelishib olgan bo'lsalar, zararni qoplash to'g'risida talab qo'yilgan paytdan boshlab bir sutka muddatda yuk topshiruvchiga to'lanadi. Ashyo maxsus qoidalar yoki taraflarning kelishuvi bilan belgilangan muddatga yukxonaga topshirilishi mumkin. Ko'rsatilgan muddatda talab qilib olinmagan ashyoni yukxona yana o'ttiz kun saqlab turishi shart. Ushbu muddat tamom bo'lgach, talab qilib olinmagan ashyo sotilishi, sotishdan tushgan pul esa ushbu Kodeksning 895-moddasiga muvofiq taqsimlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.