Fuqarolik kodeksi

889-modda. Ashyo yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchining javobgarligi

Omonat saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan ashyo yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun ushbu Kodeksning 333-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra javobgar bo'ladi. Professional omonat saqlovchi ashyoning yo'qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi: yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida; ashyoning uni saqlash uchun qabul qilish chog'ida omonat saqlovchi bilmagan va bilishi shart bo'lmagan yashirin xossalari tufayli; saqlanayotgan ashyoning yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi yuk topshiruvchining qasddan qilganligi yoki qo'pol ehtiyotsizligi natijasida yuz berganligini isbotlamasa javobgar bo'ladi. Shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki omonat saqlovchining talabiga ko'ra ashyoni qaytarib olishi shart bo'lgan vaqt tugagach, yuk topshiruvchi saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, omonat saqlovchi bundan buyon ashyo yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun qasddan harakat qilgan yoki qo'pol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.