Fuqarolik kodeksi

87-modda. Xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar

Alohida, faqat o'zigagina xos, uni bir xil ashyolar orasidan ajratib turadigan va shu tariqa xususiy alomatlarga ega bo'lgan ashyo xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyo hisoblanadi. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar jumlasiga noyob, ya'ni o'zi bir dona bo'lgan ashyolar, shuningdek muayyan usul bilan ajratib qo'yilgan ashyolar (muhr bosish, alohida belgilar tushirish, nomer, raqam berish va shu kabilar) kiradi. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo'lmaydigan ashyolardir. Bir turdagi hamma ashyolarga xos alomatlarga ega bo'lgan hamda soni, og'irligi, o'lchovi va shu kabilar bilan belgilanadigan ashyolar turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar hisoblanadi. Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo'ladigan ashyolardir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.