Fuqarolik kodeksi

861-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining bekor bo'lishi

(861-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 февралдаги ЎРҚ-911-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.02.2024 й., 03/24/911/0142-сон)

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi quyidagi hollarda bekor bo'ladi: taraflardan birining shartnoma muddati tugashi munosabati bilan shartnomani bekor qilish to'g'risidagi arizasiga muvofiq; agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo'lmasa, foyda oluvchi fuqaroning vafot etishi, foyda oluvchi yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan; ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etganida, u muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb hisoblanganida, shuningdek yakka tadbirkor to'lovga qobiliyatsiz deb topilganida; ishonchli boshqaruvchi yuridik shaxs tugatilganida, u to'lovga qobiliyatsiz deb topilganida; foyda oluvchi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, shartnoma bo'yicha foydani olishdan bosh tortganida; ishonchli boshqaruvchi yoki boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchi uchun mol-mulkni ishonchli boshqarishni shaxsan amalga oshirishi mumkin emasligi munosabati bilan boshqaruvni amalga oshirishdan bosh tortganida; boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchiga shartnomada kelishilgan haqni to'lagan holda ushbu moddaning to'rtinchi bandida ko'rsatilganidan boshqa sabablarga ko'ra shartnomani bajarishdan bosh tortganida; ishonchli boshqaruvchi o'zining majburiyatlarini tegishli darajada bajarmagan taqdirda shartnoma sudning qaroriga muvofiq bekor qilinganida; qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bekor qilinganida ishonchli boshqarishda bo'lgan mol-mulk, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, boshqaruv muassisiga topshiriladi. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi taraflardan birining tashabbusi bilan bekor qilinganida ikkinchi taraf, agar shartnomada boshqacha muddat belgilangan bo'lmasa, kamida uch oy oldin bundan xabardor qilib qo'yilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.