Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni shaxsan o'zi boshqaradi, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ishonchli boshqaruvchi boshqa shaxsga ishonchli boshqaruvchi nomidan mol-mulkni boshqarish uchun zarur bo'lgan harakatlarni amalga oshirishni topshirishi mumkin, basharti unga mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida ana shunday vakolat berilgan bo'lsa yoki u bunga muassisning yozma roziligini olgan bo'lsa, yoxud boshqaruv muassisining yoki foyda oluvchining manfaatlarini ta'minlash uchun vaziyat taqozosi bilan bunga majbur bo'lsa va bunda boshqaruv muassisining ko'rsatmalarini oqilona muddatda olish imkoniga ega bo'lmasa.
Ishonchli boshqaruvchi o'zi tanlagan ishonchli vakilning harakatlari uchun o'zining harakatlari kabi javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
858-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarishni boshqa shaxsga berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.