Fuqarolik kodeksi

837-modda. Komitentning ko'rsatmalaridan chetga chiqish

Vositachi komitentning ko'rsatmalaridan ushbu Kodeksning 819-moddasida nazarda tutilgan hollarda chetga chiqishga haqli. Mol-mulkni komitent bilan kelishilgan narxdan arzon sotgan vositachi mol-mulkni kelishilgan narxda sotish imkoniga ega bo'lmaganligini va arzon narxda sotish natijasida yana ham ko'proq zararning oldi olinganligini isbot qilib bermasa, oradagi farqni komitentga to'lashi shart. Vositachi komitentdan ruxsat so'rashi shart bo'lgan hollarda u komitentning ko'rsatmalaridan chetga chiqishga komitentning roziligini oldindan olish imkoniyatiga ega bo'lmaganligini ham isbot qilishi shart. Agar vositachi mol-mulkni komitent bilan kelishilgandan yuqoriroq narxda sotib olgan bo'lsa, bunday xaridni qabul qilishni istamagan komitent vositachidan uchinchi shaxs bilan bitim tuzilganligi haqida bildirish olganidan keyin oqilona muddatda bu haqda vositachiga ma'lum qilishi shart. Aks holda xarid komitent tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi. Agar vositachi narxdagi farqni o'zi to'lashini ma'lum qilsa, komitent o'zi uchun tuzilgan bitimdan bosh tortishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.