Fuqarolik kodeksi

832-modda. Vositachilik shartnomasi

(832-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Vositachilik shartnomasi bo'yicha bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirig'i bo'yicha o'z nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart. Vositachi tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo'yicha, garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish bo'yicha uchinchi shaxs bilan bevosita munosabatlarga kirishgan bo'lsa ham, vositachi huquqlarga ega bo'ladi va zimmasiga majburiyat oladi. Vositachilik shartnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati ko'rsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi ko'rsatilgan yoki ko'rsatilmagan holda, komitent vositachiga topshirgan komitentning manfaatlarini ko'zlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik haqida majburiyat olgan holda yoki bunday majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi bo'lgan tovarlarning assortimenti xususida shartlar qo'yilgan yoki qo'yilmagan holda tuzilishi mumkin. Qonunchilikda ayrim turdagi vositachilik shartnomasining xususiyatlari nazarda tutilgan bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.