Vakil vafot etgan taqdirda, uning merosxo'rlari yoki meros mulkning saqlanishini ta'minlash majburiyati yuklatilgan boshqa shaxslar topshiriq shartnomasi bekor qilinishi haqida topshiriq beruvchiga kechiktirmay xabar berishlari hamda topshiriq beruvchining mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur choralarni ko'rishlari, xususan, topshiriq beruvchining ashyolarini, shuningdek hujjatlarini saqlab qo'yishlari, so'ngra esa unga topshirishlari shart. Vakil (ishonchli vakil) bo'lgan yuridik shaxsni tugatayotgan shaxsning zimmasida ham shunday majburiyat bo'ladi.
Vakil (ishonchli vakil) sifatida ish olib borayotgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganida topshiriq beruvchi bu haqda darhol xabardor qilinishi kerak. Mazkur holatda bunday yuridik shaxsning huquq va majburiyatlari, agar topshiriq beruvchi o'ttiz kunlik muddatda topshiriq shartnomasidan bosh tortishini ma'lum qilmasa, uning qonuniy vorisiga o'tadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
825-modda. Topshiriq shartnomasida huquqiy vorislik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.