Fuqarolik kodeksi

822-modda. Topshiriqni bajarishni boshqa shaxsga ishonib topshirish

Agar topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan bo'lsa yoki vakil topshiriq beruvchining manfaatlarini himoya qilish maqsadida vaziyat taqozosi bilan majbur bo'lsa, vakil topshiriqning bajarilishini boshqa shaxsga (o'rinbosarga) topshirishga haqli. Topshiriqni bajarishni boshqa shaxsga ishonib topshirgan vakil bu haqda darhol topshiriq beruvchini xabardor qilishi shart. Topshiriq beruvchi vakil tanlagan o'rinbosarni rad etishga haqli, o'rinbosarning nomi topshiriq shartnomasida keltirilgan hollar bundan mustasno. Agar vakil o'rinbosarining nomi shartnomada ko'rsatilgan bo'lsa, vakil ishlarning o'rinbosar tomonidan olib borilishi uchun javobgar bo'lmaydi. Agar ishlarning o'rinbosar tomonidan olib borilishi topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan bo'lsa-yu, lekin o'rinbosarning nomi unda ko'rsatilgan bo'lmasa, vakil o'rinbosarning aybli harakatlari uchun javobgar bo'lmaydi. Agar vakilning o'rinbosari tomonidan ish yuritilishi topshiriq shartnomasida nazarda tutilmagan bo'lsa, vakil o'z o'rinbosarining har qanday harakatlari uchun javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.