Chek bo'yicha pul to'lashdan bosh tortganlik quyidagi usullardan biri bilan tasdiqlanishi kerak:
notarius tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda norozilik bildirish;
pul to'lovchi chekka u bo'yicha pul to'lashdan bosh tortganligi haqida belgi qo'yilib, chek haq to'lash uchun taqdim etilgan sanani ko'rsatish;
inkasso qiluvchi bankning chek o'z vaqtida taqdim etilganligi va u bo'yicha pul to'lanmaganligi haqida, sanasini ko'rsatgan holda belgi qo'yishi.
Norozilik yoki shu kabi harakat chekni haq to'lash uchun taqdim etish muddati tugaguncha amalga oshirilishi kerak.
Agar chek muddatning oxirgi kunida taqdim etilgan bo'lsa, norozilik yoki shu kabi harakat keyingi ish kunida amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
814-modda. Chek bo'yicha pul to'lashdan bosh tortganlikni tasdiqlash
(814-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.