Chekda quyidagilar bo'lishi shart:
hujjat matniga kiritilgan «chek» degan nom;
muayyan pul summasini to'lash haqida to'lovchiga topshiriq;
to'lovchining nomi va to'lov qaysi hisobvaraqdan amalga oshirilishi kerakligi;
to'lov valyutasi;
chek tuzilgan sana va joy;
chekni yozib bergan shaxsning — chek beruvchining imzosi.
Hujjatda mazkur rekvizitlardan birontasining bo'lmasligi chekni kuchdan mahrum qiladi.
Tuzilgan joyi ko'rsatilmagan chek chek beruvchi turgan joyda imzolangan deb hisoblanadi.
Chekning shakli va uni to'ldirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
808-modda. Chekning rekvizitlari
(808-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.