Inkasso bo'yicha hisob-kitob qilinganida mijoz o'z bankiga (bank-emitentga) pul to'lovchidan to'lovni va (yoki) to'lov aktseptini mijoz hisobidan qabul qilish haqida topshiriqnoma yuboradi.
Inkasso topshirig'ini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa bankni (ijrochi bankni) jalb qilishga haqli.
Inkasso bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan va bank amaliyotida qo'llaniladigan ish muomalasi odatlari bilan boshqariladi.
Mijozning topshirig'i bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan taqdirda, bank-emitent uning oldida ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra va miqdorda javobgar bo'ladi.
Agar ijrochi bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari buzilganligi munosabati bilan mijozning topshirig'i bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan bo'lsa, mijoz oldidagi javobgarlik ushbu bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
804-modda. Inkasso bo'yicha hisob-kitoblar haqida umumiy qoidalar
(804-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.