Fuqarolik huquq va burchlari qonunchilikda nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning, garchi qonunchilikda nazarda tutilgan bo'lmasa-da, lekin fuqarolik qonunchiligining umumiy negizlari va mazmuniga ko'ra fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.
Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:
1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo'lmasa-da, lekin unga zid bo'lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan;
2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hujjatlaridan;
3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
4) qonun yo'l qo'yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan, adabiyot, san'at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;
6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
7) asossiz boyib ketish natijasida;
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
9) qonunchilik fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog'laydigan hodisalar natijasida.
Davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart bo'lgan mol-mulkka bo'lgan huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, unga bo'lgan tegishli huquqlar ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
lex.uz’dagi asl matn8-modda. Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslari
(8-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Fuqarolik huquq va burchlar turli asoslardan paydo bo'ladi. Bular shartnomalar, qonun hujjatlar, sud qarorlari, mol-mulk olish, ijodiy faoliyat, zarar yetkazish, asossiz boyib ketish va boshqa harakatlardan kelib chiqadi. Davlat ro'yxatiga olingan mol-mulkka bo'lgan huquqlar ro'yxatdan o'tkazilgan vaqtdan boshlab amal qiladi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida barcha fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Agar siz do'stingizga pul qarzga bersangiz, shartnoma tuzmasangiz ham, qonun sizga qaytarib olish huquqini beradi. Yoki agar biror narsani ixtiro qilsangiz, u sizning intellektual mulkingiz bo'ladi va ro'yxatdan o'tkazilgandan boshlab qonun tomonidan himoyalangan bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.