Agar bank hisobvarag'i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, bank hisobvaraqda turgan pul mablag'laridan foydalanganligi uchun mijozga foizlar to'laydi, ularning summasi hisobvaraqqa kiritib qo'yiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan foizlar bank tomonidan bank hisobvarag'i shartnomasida belgilanadigan miqdorda, shartnomada tegishli shartlar nazarda tutilmagan taqdirda esa— odatda bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar yuzasidan to'laydigan miqdorda to'lanadi.
Foizlar summasi bank hisobvarag'i shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, bunday muddatlar bank hisobvarag'i shartnomasida nazarda tutilmagan hollarda esa — yilning har choragi tamom bo'lgach, hisobvaraqqa kiritib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
781-modda. Hisobvaraqda turgan pul mablag'laridan bankning foydalanganligi uchun foiz to'lash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.