Mijoz nomidan hisobvaraqdagi mablag'larni o'tkazish va berish haqida ko'rsatma beradigan shaxslarning huquqlari mijoz tomonidan bankka qonunda nazarda tutilgan, qonunga muvofiq bank qoidalari hamda bank hisobvarag'i shartnomasi bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etish yo'li bilan tasdiqlanadi.
Mijoz uchinchi shaxslarning talabiga muvofiq, shu jumladan mijozning ushbu shaxslar oldidagi majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq talabiga muvofiq pul mablag'larini hisobvaraqdan o'chirish haqida farmoyish berishi mumkin. Bank tegishli talab qo'yilgan vaqtda uni qo'yishga haqli bo'lgan shaxsni aniqlash va bunday talabning xarakteri va asoslarini belgilash imkonini beradigan zarur ma'lumotlar bu farmoyishlarda yozma ravishda ko'rsatilgan taqdirda ularni qabul qiladi.
Bank hisobvarag'i shartnomasida hisobvaraqda turgan pul mablag'larini tasarruf etish huquqini elektron to'lov vositalaridan hamda ularda mijozning o'z imzosi, kodlari, parollari hamda farmoyish tegishli vakolati bo'lgan shaxs tomonidan berilganligini tasdiqlaydigan boshqa vositalarning o'xshatmalaridan foydalanilgan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlash nazarda tutilgan bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
776-modda. Hisobvaraqda turgan pul mablag'larini tasarruf etish huquqini tasdiqlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.