Tijorat tashkilotlari o'zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o'zga birlashmalariga birlashishlari mumkin. Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushmaga (ittifoqqa) va o'zga birlashmaga tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish vazifasi yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) va o'zga birlashma ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda xo'jalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi kerak yoxud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo'jalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin.
Notijorat tashkilotlari o'z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin.
Uyushma (ittifoq) va o'zga birlashmalar yuridik shaxs hisoblanadi.
Uyushma (ittifoq) va o'zga birlashmalarning a'zolari o'z mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar.
Uyushma (ittifoq) va o'zga birlashmalar o'z a'zolarining majburiyatlari bo'yicha javob bermaydi.
Uyushma (ittifoq) va o'zga birlashmalarning a'zolari ularning majburiyatlari bo'yicha uyushma (ittifoq) va o'zga birlashmalarning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar bo'ladilar.
Uyushma (ittifoq) va o'zga birlashmalarning nomi ularning asosiy faoliyatini ko'rsatishi, unga «uyushmasi», «ittifoqi» so'zlari yoki birlashma turini ko'rsatadigan boshqa so'z kiritilgan bo'lishi kerak.
Qonunchilikda yuridik shaxslar birlashmalari huquqiy mavqeining xususiyatlari belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
77-modda. Yuridik shaxslar birlashmalari
(77-модданинг саккизинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.