Fuqarolik kodeksi

76-modda. Muassasalar

(76-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo'lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to'la yoki qisman moliyaviy ta'minlab turiladigan tashkilot muassasa hisoblanadi. Muassasaning o'ziga biriktirib qo'yilgan va o'zi sotib olgan mol-mulkka bo'lgan huquqlari ushbu Kodeksning 178 va 180-moddalariga muvofiq belgilanadi. Muassasa o'z majburiyatlari bo'yicha ixtiyoridagi pul mablag'lari bilan javob beradi. Bu mablag'lar yetarli bo'lmasa, tegishli mol-mulkning egasi uning majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo'ladi. Ayrim turdagi davlat muassasalari va boshqa muassasalar huquqiy mavqeining xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.