Fuqarolik kodeksi

755-modda. Qarzdorning pul talabnomasini moliya agentiga ijro etishi

(755-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Qarzdor mijozdan yoki moliya agentidan pul talabnomasidan ushbu moliya agenti foydasiga voz kechilganligi haqida yozma bildirishnoma olgan va unda ijro etilishi kerak bo'lgan pul talabnomasi belgilangan, shuningdek to'lov amalga oshirilishi kerak bo'lgan moliya agenti ko'rsatilgan taqdirda qarzdor to'lovni moliya agentiga amalga oshirishi shart. Qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasi va u amalga oshiriladigan mamlakat o'zgartirilishi mumkin emas. Qarzdorning iltimosiga ko'ra moliya agenti oqilona muddatda qarzdorga pul talabnomasidan haqiqatan ham moliya agenti foydasiga voz kechilganligining isbotini taqdim etishi kerak. Agar moliya agenti ushbu majburiyatni bajarmagan bo'lsa, qarzdor ushbu talabnoma bo'yicha to'lovni mijozga nisbatan amalga oshirib, uning oldidagi o'z majburiyatini bajarishga haqli. Qarzdorning pul talabnomasini ushbu moddaning qoidalariga muvofiq moliya agenti foydasiga bajarishi qarzdorni mijoz oldidagi tegishli majburiyatdan ozod qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.