Kredit shartnomasi bo'yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag'lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to'lash majburiyatini oladi.
Qonunchilikka muvofiq kredit tashkilotlari bo'lmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yo'l qo'yilgan hollarda kredit shartnomasi to'g'risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo'llanadi.
Kredit bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko'rsatilgan, kredit bo'yicha undiriladigan summaga nisbatan ushbu Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to'xtatiladi.
Agar ushbu paragrafning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa va u kredit shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, kredit shartnomasi munosabatlariga nisbatan ushbu bob 1-paragrafining qoidalari qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
744-modda. Kredit shartnomasi
(744-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-914-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.02.2024 й., 03/24/914/0161-сон — 2024 йил 1 январдан эътиборан юзага келган муносабатларга нисбатан ҳам татбиқ этилади)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.