Agar tashuvchi yuk yoki bagajning yo'qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) o'zining aybi yo'qligini isbot qilib bera olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yuk va bagaj yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar bo'ladi.
Yuk yoki bagajni tashish vaqtida yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda to'lanadi:
yuk yoki bagaj yo'qolgan yoxud kam chiqqan taqdirda — yo'qolgan yoki kam chiqqan yuk yoxud bagajning qiymati miqdorida;
yuk yoki bagajga shikast yetkazilgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati qancha pasaygan bo'lsa, shuncha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagajni tiklash mumkin bo'lmaganida esa, uning qiymati miqdorida;
bahosini e'lon qilgan holda tashishga topshirilgan yuk yoki bagaj yo'qolgan taqdirda — yuk yoki bagajning e'lon qilingan qiymati miqdorida.
Transport tashkiloti real zararni to'lash bilan birga yo'qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yukni tashish uchun olgan kira haqini, agar u yukning bahosiga kirmasa, jo'natuvchi (oluvchi)ga qaytarib beradi.
Jo'natuvchi tashuvchidan yuklar yo'qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi (buzilishi) tufayli yetkazilgan boshqa zararni ham to'lashni talab qilishga haqli.
Yuk yo'qolganligi, kam chiqqanligi, shikastlanganligi (buzilganligi) uchun bir yo'nalishda har xil transportda tashuvchilar yuk jo'natuvchi (yuk oluvchi) oldida solidar javobgar bo'ladilar.
Agar oxirgi tashuvchi yukning kechikib kelishida tashuvchilarning aybi yo'qligini isbot qilib bera olmasa, yukning kechikib kelganligi uchun javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
721-modda. Yuk yoki bagaj yo'qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.